Tomas Tuxel PSJ murabbiyligidan ozod etildi

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” futbol klubi (PSJ) jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan shartnoma bekor qilganini e’lon qildi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Germaniyalik murabbiyning PSJ bilan shartnomasi 2021 yil may oyigacha amal imzolangan edi.

“Men Tomas Tuxel va uning shtabiga klubga olib kelgan barcha yutuqlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Tomas ish uchun katta kuch va g‘ayrat sarf qildi. Biz ubilan o‘tgan yaxshi daqiqalarni, albatta, eslaymiz. Men unga kelajagi uchun eng yaxshi tilaklarni tilayman”,  deydi PSJ bosh direktori Nosir al-Xelayfi.

Ma’lumot uchun, Tomas Tuxel 47 yoshda va 2018 yildan buyon PSJni boshqarib kelayotgandi. U boshchiligida Parij klubi ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi. Fransiya Superkubogi uchun kechgan ikki o‘yinda ham g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Finalda Germaniyaning “Bavariya”siga imkoniyatni boy berdi (0: 1). Tuxel Germaniyada Dortmundning “Borussiya”si bilan ham ishlagan. U jamoa bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing