“Tolibon” kutilmaganda bo‘ysunmas Panjsher bilan “til topishdi”
Olam
−
26 avgust 2021
33557“Tolibon” harakati vakillari va Panjsherdagi qarshilik kuchlari hujum qilmaslik to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Geo TV telekanali manbalarga tayanib xabar bergan.
“Ikkala tomon ham bir-biriga qarshi hujumni to‘xtatishga kelishib oldi”, deyilgan telekanal manbalarida.
Ta’kidlanishicha, “Tolibon” va Panjsherdagi qarshilik kuchlari so‘nggi ikki kun davomida Afg‘onistonning Parvon viloyatida muzokaralar o‘tkazib kelgan. Lekin bu haqda OAVda endi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Telekanal suhbatdoshlarining qo‘shimcha qilishicha, kelishuv “Tolibon” va Panjsherdagi qarshilik kuchlari rahbarlarining matbuot anjumani vaqtida e’lon qilinadi.
Avvalroq, Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshiliklar rahbari Ahmad Mas’ud, agar toliblar sivilizatsiyaga o‘tishga va’da bersa, ular bilan sulh tuzishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH
2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi.
Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi
Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.
LiveBarchasi