“Tolibon” O‘zbekiston bilan aviaqatnovni tiklashni muhokama qilmoqda
Olam
−
03 Oktabr 2021
6001Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan tayinlangan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlavi Amir Xon Mottaki O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Uchrashuvda elchi va TIV rahbari mamlakat shimolidagi Mozori-Sharif shahrini ta’mirlash va aviaaloqani tiklash masalasini muhokama qilgan. Bu haqda TASS Afg‘oniston TIV vakili Abdul Qahhor Balxiga tayanib, xabar berdi.
Mottaki O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbariga minnatdorlik bildirib, kelgusida munosabatlarni mustahkamlashga chaqirgan.
Avvalroq, Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, joriy yilning 14 sentyabr kuni ham Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston delagatsiyasi “Tolibon” vakillari bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi