“Tolibon” o‘g‘rilik uchun oyoq-qo‘llarni kesish jazosini joriy etmoqchi – OAV

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon” o‘g‘rilik uchun jazo sifatida oyoq-qo‘llarni kesish amaliyotiga amal qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Associated Press” nashri harakat asoschilaridan biri mulla Nuriddin Turobiyga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” 1996 yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelganida islom qonunlari me’yorlarini qat’iy bajarishga asoslangan rejim o‘rnatgan. Tartibni buzganlik uchun shafqatsiz jazolar – oyoq-qo‘llarni kesish, toshbo‘ron qilish, ommaviy qatl qilish choralari ko‘rilgan.

“Tolibon” sobiq hukumatida Adliya vaziri bo‘lib ishlagan, hozirda esa qamoqxona xizmatini boshqarayotgan Turobiyning aytishicha, oyoq-qo‘llarni kesish jazosi tiyib turish effektiga ega.

“Qo‘llarni kesib tashlash xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘ta zarur”, deydi u nashrga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”ning amaldagi hukumati hali jazoni jamoat oldida o‘tkazish to‘g‘risida bir qarorga kelmagan. Biroq, ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

“Hamma bizni stadionda jazolashimiz uchun tanqid qildi, garchi biz hech qachon boshqalarning qonunlari va jazosi haqida hech narsa demaganmiz”, deya agentlik “Tolibon” vakilidan iqtibos keltirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing