“Tolibon” tinch aholini qirib tashlamoqda – BMT

Olam

image

BMT Inson huquqlari agentligi Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan yangi hukumati xalqaro koalitsiya kuchlari bilan hamkorlik qilgan aholini ta’qib qilmaslik to‘g‘risidagi va’dalariga qaramay, tinch aholini qirib tashlayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, agentlik “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri sud va tergovsiz sodir etilgan 100 dan ortiq qotillikni isbotlagan. 

Qurbonlarning barchasi Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va sobiq hukumatining xodimlaridir. “Human Rights Watch” xayriya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida 47 kishi o‘ldirilgan.

“Ayrim hollarda jasadlar ommaga ko‘rsatildi, bu esa aholining ma’lum bir guruhida qo‘rquvni kuchaytirdi”, deydi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar o‘rinbosari Nada al-Nashif.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Kahar Balxiy  BMT xulosalarini keskin rad etib, yangi hukumat sobiq hukumatning barcha sobiq xodimlari va ularning xorijiy ittifoqchilariga amnistiya e’lon qilgani va va’dasini bajarayotganini aytgan. 

“Amnistiya to‘g‘risidagi farmonni buzgan har bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi va jazolanadi”, deydi TIV vakili.

“Tolibon” hukumatining matbuot kotibi Qori Sayyid Xosti ham agentlik hisoboti tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asosan tayyorlanganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq politsiya xodimlari yoki askarlarga nisbatan alohida repressiya holatlari ro‘y bergan, biroq bularning barchasi shaxsiy adovati bo‘lganlarning ishi. 

BMT yig‘ilishida Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar o‘rinbosari, shuningdek Nangarhor viloyatida ISHID tarkibiga kiruvchi  “Viloyat Xuroson” terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan o‘nlab odamlar halok bo‘lganini aytgan. 

Nada al-Nashifning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” qotillik, boshni olish kabi vahshiy ishlarni bajarmoqda. Jasadlar ham uzoq vaqt davomida odamlar ko‘rishi uchun jamoat joylarida qoldiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing