“Tolibon” temir yo‘l bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar beranimizdek, “Tolibon” vakillari Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanishni qayta tiklash masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga borishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Bugun, 8 fevral kuni “Tolibon” vakillari muzokara o‘tkazish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xodimi Alisher Boltaboyev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistonning iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyasi, Moliya vazirligi va xaridlar departamenti vakillaridan iborat delegatsiyaga “Tolibon” temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i Baxt al-Rahmon Sharafat boshchilik qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan “Tolibon” temir yo‘l boshqarmasi vakillari Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘li bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashni rejalashtirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kunidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtadagi kelishuv chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Buning ortidan Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rasmiylari “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni Hayraton-Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasining texnik masalalari bo‘yicha yangi kelishuvni buzganlikda ayblab chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made