“Tolibon” Rossiyadan yordam so‘radi
Olam
−
24 Sentabr 2021
18239Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Afg‘oniston o‘rtasida sanksiyalar bosimini kamaytirish masalasida vositachi bo‘lishi, shuningdek mamlakatni qayta tiklashga yordam berishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qilgan.
“U (Rossiya — tahr.) biz bilan BMT o‘rtasida yangi vositachi bo‘lishi mumkin, jumladan, sanksiyalar bosimini pasaytirish masalasida. Shuningdek, biz undan mintaqada va xususan Afg‘onistonda vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishda, mamlakatimizni qayta qurishda yordam so‘raymiz”, degan Mujohid.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati BMT Xavfsizlik Kengashining bo‘lajak yig‘ilishlarida Qobul uchun aniq ijobiy natijalarni kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, yuqori darajali Bosh Assambleya haftaligida qatnashish niyatini bildirgandi va Muhammad Suhayl Shohinning nomzodini Afg‘onistonning doimiy vakili sifatida tasdiqlash uchun yuborgandi.
LiveBarchasi