“Tolibon” Rossiya elchixonasi yaqinidagi portlash bo‘yicha tilga kirdi

Olam

image

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar bugun, 5 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi yaqinida ro‘y bergan portlash sabablarini o‘rganishga kirishdi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumati Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi. 

“Bugun Qobulning 7-mavzesida xavfsizlik kuchlari portlovchi moddani olib ketmoqchi bo‘lgan erkakni o‘ldirdi. Hodisa paytida portlash sodir bo‘ldi, natijada ko‘plab yurtdoshlarimiz halok bo‘ldi va yaralandi. [portlash sodir bo‘lgan hudud ] hozir [ixtisoslashgan xizmatlar] tomonidan nazorat qilinmoqda va o‘rganilmoqda, tergov boshlandi”, deb yozadi Mujohid. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 sentbyar kuni Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldida terakt sodir etildi. “Reuters” politsiyaga tayanib xabar berishicha, ushbu portlashni xudkush-terrorchi sodir etgan. Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, portlashda diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘lgan.

“Al Jazeera” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 8 kishi qurbon bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Qobul vaqti bilan soat 10:50 da mamlakatning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish joyi yaqinida noma’lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing