“Tolibon” OTMlarda shariat qonunlariga zid fanlarni “yo‘q qilmoqchi”

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘oniston universitetlari o‘quv dasturlaridan shariat qonunlariga zid bo‘lgan fanlarni olib tashlamoqchi. Bu haqda “Tolo News” xabar bergan.  

“Islom qonunlariga zid bo‘lgan har bir fan dasturdan chiqarib tashlanadi”, degan Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchisi Abdul Baki Haqqoniy. 

Hozirgi vaqtda rasmiylar qaysi fanlardan voz kechishi aniqlanmagan. 

Oliy ta’lim vazirligi, shuningdek kelajakda talabalarga chet elda o‘qish imkonini beradigan maxsus dasturni ishga tushirishni va’da qilmoqda. 

Bundan avval, “Khaama Press” agentligi universitet talabalarining o‘quv dasturida o‘zgartirish bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, ikkinchi darajali fanlar zamonaviy fanlarga almashtiriladi, shunda afg‘onlar boshqa mamlakat talabalari bilan raqobatlasha olishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilning 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston universitet

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing