“Tolibon”ning eng xavfli “soyadagi gubernatori” yo‘q qilindi

Olam

image

“Tolibon” terrorchilik harakatining Badaxshon viloyatiga mas’ul bo‘lgan eng xavfli “soyadagi gubernatori” Qari Fasixuddin yo‘q qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatmoqda. 

Afg‘oniston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Fasixuddin bugun, 6 sentyabr kuni Badaxshon provinsiyasida mamlakat qurolli kuchlari aviazarbasi natijasida yo‘q qilingan. Fasixuddin Varduj tumanida qo‘riqchisi bilan birga o‘ldirildi. 

Fasixuddinga qo‘shib Puli-Xumri shahrida “Tolibon” harakatining 40 jangarisi ham yo‘q qilingani aytilmoqda. 

Afg‘onistonda Hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan

Mamlakat hududida ISHID terrorchilik guruhining ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Badaxshon viloyati

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing