“Tolibon”ning asosiy daromadi nima ekani ma’lum qilindi

Olam

image
Fundamental inson huquq va erkinliklari cheklanganicha qolmoqda – YeXHT saylov bo‘yicha hisobotini e’lon qildi north_east

Fundamental inson huquq va erkinliklari cheklanganicha qolmoqda – YeXHT saylov bo‘yicha hisobotini e’lon qildi

“Tolibon” hukmronligidagi Afg‘onistonning kelgusida xorijiy mamlakatlar, xususan Rossiya bilan aloqalari qay yo‘ldan boradi? Bugun “Tolibon”ning asosiy daromad manbai nima? Toliblar avvalgidek axloq politsiyalarini tiklaydimi? Bu kabi savollarga “Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid TASS muxbiri bilan muloqotda javob berdi. 

Mujohid Qobul aeroporti atrofidagi muloqotda Rossiyaga xalqaro reyslarni tiklash rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan. 

“Biz Qobuldan xalqaro reyslarni qayta tiklash ustida ishlayapmiz, lekin ba’zi qiyinchiliklar mavjud. Xalqaro standartlarga ko‘ra, aeroport va bortda xavfsizlik standartlariga rioya qilish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot bo‘lishi kerak. Biz hozirda shunday tashkilotni qidirmoqdamiz, lekin qidiruv hali natija bermadi”, degan u. 

Mujohid Rossiyaga ham xalqaro reyslarni tiklash rejalashtirilayotganini ta’kidlagan. 

“Biz barcha davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishga harakat qilyapmiz. Gap diplomatik munosabatlar haqida ketyapti, ularsiz keyingi hamkorliklar, shunchaki mumkin emas. Biz Rossiya bilan, asosan, hukumatimizni tan olish va elchixona ochish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Bu masalalarni hal qilish hamkorlikning yanada kengayishiga zamin yaratadi”, degan u jurnalistning “Tolibon” Rossiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik qilishni rejalashtirgan, degan savoliga. 

Jurnalist Mujohiddan “Tolibon” Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasida kadrlar almashinuvini nazarda tutgan yoki yo‘qligi haqida so‘ragan. Mujohidga ko‘ra, bu masalani “Afg‘oniston Islom Amirligi” Tashqi ishlar vazirligi hal qilishi kerak. 

“Hozir Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi odatdagidek ish boshlashi muhim. Shundan so‘ng biz diplomatik xodimlarni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqamiz. O‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarmagan xodimlar chetlatilishi mumkin”, degan u. 

Mujohidning ta’kidlashicha, harakat barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga umid qilmoqda. 

“Rossiya iqtisodiy jihatdan muhim davlat. Rossiya va boshqa davlatlar Afg‘onistonni tiklashga yordam berishi mumkin. Biz bunday yordamni mamnuniyat bilan qabul qilamiz va moliyaviy yordamni kutamiz”, degan harakat vakili. 

Mujohid bugungi kunda toliblarning asosiy daromad manbai nima ekaniga ham aniqlik kiritgan. Unga ko‘ra, harakat asosan bojxona va soliqlardan daromad topmoqda. 

“Kelgusida biz foydali qazilmalardan daromad olishni rejalashtirganmiz”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

1791

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing