“Tolibon”ning Afg‘onistondagi ayollarga qarshi siyosati gender aparteiddir – Malala Yusufzay

Olam

image

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay “Tolibon”ning Afg‘onistondagi ayollarga qarshi siyosatini gender aparteid deb atadi va xalqaro hamjamiyatni buni insoniyatga qarshi jinoyat deb e’lon qilishga chaqirdi. Uning so‘zlarini “Sentralasian.org” keltirmoqda.

“Ikki yil avval Afg‘onistonda ayollar ishlab, rahbarlik lavozimlarida, vazirliklarda rahbarlik qilib, bemalol sayohat qilishgan. Barcha yoshdagi qizlar futbol,   kriket o‘ynashdi va maktablarga borishdi. Hamma narsa mukammal bo‘lmasa-da, taraqqiyot bor edi”, deydi Malala Yusufzay.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” hukmdorlari qizlar va ayollarga muntazam ravishda zulm qiladi, ayollar huquqlarini cheklovchi 80 dan ortiq farmon va buyruqlar qabul qilgan, jumladan, qizlarning o‘rta ta’lim olishini taqiqlagan.

“Men har bir mamlakat hukumatini gender aparteidini insoniyatga qarshi jinoyat deb e’lon qilishga chaqiraman”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, bundan 11 yil oldin, o‘sha paytda 15 yoshli Malala Yusufzay Pokistondagi “Tehrik-e-Tolibon” jangarilari tomonidan maktab avtobusida otilgan edi.

Qizlarning ta’lim olishi uchun kurashgani uchun nishonga olingan Yusufzayga qilingan hujum Pokiston ichida ham, xalqaro miqyosda ham shov-shuvga sabab bo‘ldi.

17 yoshida u hindistonlik bolalar huquqlari faoli Kaylash Satyarti bilan birga 2014 yilda mukofotni qo‘lga kiritib, tarixdagi eng yosh Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Malala Yusufzay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made