“Tolibon” Marshal Do‘stumning o‘g‘lini asirga olgani aytilmoqda 

Olam

image

“Tolibon” Afg‘onistondagi eng obro‘li shaxslardan biri asli o‘zbek Marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘lini asirga olgani haqida xabarlar tarqalmoqda. “Sputnik” nashriga ko‘ra, ushbu xabarni “Tolibon” tarafdori bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tarqatmoqda.  

Qayd etilishicha, u qolgan askarlar bilan birga Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahri aeroportida taslim bo‘lgan. Biroq rasmiy OAV va idoralar bu ma’lumotni tasdiqlamayapti. Ularga ko‘ra, kichik Do‘stum haligacha viloyatning boshqa joylarida toliblarga qarshi kurashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marshal Do‘stum yaqinda Turkiyadan qaytdi. U salomatligi yomonlashgani tufayli Afg‘onistonni bir muddat tark etgan edi. Marshalning kelishiga toliblar uning uyini yoqib yuborishga ham ulgurgan.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Do‘stum joriy yilning 11 avgust kuni mamlakat shimolida toliblar mag‘lub bo‘lishini aytgan. Afg‘oniston qo‘mondoni shimol aholisi jangarilarga qarshi ko‘tarilishini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing