“Tolibon” qizlarni universitetlarga qaytarish rejasini ishlab chiqdi
Olam
−
21 avgust 2023
4830Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” harakati qizlarning universitetlarda o‘qish imkoniyatini qaytaradigan reja ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi Oliy ta’lim vazirligi rahbari o‘rinbosari Lutfulla Xayrxva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tayyor loyiha Afg‘oniston jamoatchiligiga taqdim etiladi. Rejani yakunlash muddati hali aniq emas.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatgan “Tolibon” ayollar va qizlarga turli cheklovlar qo‘ya boshladi va buni davlatda “tegishli islomiy muhit” yaratish zarurati bilan izohladi. 2022 yil dekabr oyida afg‘on universitetlarida qizlar uchun darslar to‘xtatib qo‘yildi, keyinroq universitetlarda ayollarning, jumladan professor-o‘qituvchilarning bo‘lishi taqiqlandi, shuningdek, ayollarni milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlarda ishlashdan chetlashtirish buyurildi. Ushbu qarorlar bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tomonidan tanqid to‘lqiniga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi