“Tolibon” qaytarib yuborgan O‘zbekiston nefti sifatsizmidi?

Jamiyat

image
“Tolibon” O‘zbekiston neftini qaytarib yubordi (video) north_east

“Tolibon” O‘zbekiston neftini qaytarib yubordi (video)

Avvalroq “Tolibon”ning Milliy standartlar agentligi 67 ta sisternadagi O‘zbekiston neftini sifatsizligi sabab qaytarib yuborganini e’lon qilgan edi. “O‘zbekneftgaz” esa “Tolibon”ning da’volarini rad etib, O‘zbekistondan jo‘natilgan neft sifatli ekanini bildirdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 17 may kuni “Uzbekistan GTL” MCHJ va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida sintetik dizel komponentini eksportga sotish bo‘yicha offteyk shartnomasi imzolangan. 24-26 iyun kunlari xaridor talabnomasiga asosan, “Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan jami 3,4 ming tonna (67 ta vagon) mahsulot Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Kengsoy” stansiyasidan eksport qilish uchun xaridorga topshirilgan. 

Bildirilishicha, “Uzbekistan GTL” MCHJ zavodining dizel yonilg‘isi uchun sintetik komponent EN 15940 Yevropa standartiga muvofiq Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqatgina O‘zbekistonda “OʼzDSt 3134-2017" davlat standarti asosida ishlab chiqariladi. Hozircha Afg‘onistonda bu standart joriy qilinmagan. 

Mahsulotni eksport qilish jarayonida sintetik dizel va uning komponenti Afg‘onistonning ANSA (Afg‘oniston standart agentligi) tashkilotida ro‘yxatdan o‘tmaganligi haqida xaridorga (Turkiya kompaniyasi) ham ma’lum qilingan. Xaridor tomonidan mahsulot komponent sifatida an’anaviy dizel bilan kompaundlashtirilgan holda Afg‘oniston bozoriga olib kirilishi rejalashtirilgani bildirilgan.

“O‘zbekneftgaz” bayonotiga ko‘ra, xaridorga topshirilgan 3,4 ming tonna (67 vagon) sifatli mahsulot uchun to‘lov 100 foiz amalga oshirilgan. Afg‘oniston hukumati mahsulotni “Uzbekistan GTL” MCHJga sifatsiz bo‘lgani uchun qaytarmagan. 

Aytilishicha, shartnoma shartlariga asosan xaridor mahsulotni qaysi davlatga olib borib, qanday usulda sotishini o‘zi belgilaydi. 

“O‘zbekneftgaz” AJ o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotlar doimiy va tizimli ravishda xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlashtirib borilishini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston neft' Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing