“Tolibon” qaysi davlatlar bilan yaxshi aloqada ekani aytildi 

Olam

image

“Tolibon” harakati Rossiya, Xitoy va boshqa qo‘shni davlatlar bilan yaxshi aloqada. Bu haqda harakat siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim ma’lum qildi. 

“Xitoy — bizning qo‘shnimiz, u bilan yaxshi munosabatdamiz. Xuddi shu narsa Rossiyaga ham tegishli”, degan u. 

Naimning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” Eron, Xitoy, Pokiston va O‘zbekiston bilan uzoq yillik aloqalarga ega va bu davlatlar, G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, toliblarning hokimiyatga kelishidan xavotirga tushmaydi. 

Naimning aytishicha, “Tolibon” Qobulda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashgan va Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, XXRning insonparvarlik yordami jo‘natishini muhokama qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov Moskva Afg‘onistonning yangi hukumatini tan olishga shoshilmasligini, balki Afg‘onistonning yangi hukumatining amaliy qadamlari va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorlariga e’tibor qaratishini aytgan. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin esa Xitoy Afg‘oniston davlat suvereniteti va mamlakatdagi turli partiyalar irodasini hurmat qilishga asoslanib, “Tolibon” bilan aloqani qo‘llab-quvvatlashini va harakat mo‘’tadil ichki va tashqi siyosat olib borishiga umid qilishini ta’kidlagan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

851

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing