“Tolibon” qachon saylov o‘tkazishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning qonuniy hukumatini shakllantirish uchun olti oydan keyin saylov o‘tkazmoqchi. Bu haqda “The Khaama Press” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning doimiy hukumati, rasmiy kabinet saylov natijalari asosida tuziladi.

Mamlakatning hozirgi hokimiyati yarim yildan keyin saylov o‘tkazadi. Ungacha esa “Tolibon”ning o‘tish davri hukumati ishlaydi. 

Manbaga ko‘ra, harakat tashkil etgan o‘tish davri hukumati qarama-qarshiliklarga duch kelgan. Aholining bir qismi “Tolibon” hokimiyatni monopollashtirdi, deb ishonadi. Hukumat a’zolarining barchasi “Tolibon” rasmiylari va ular orasida birorta ham ayol yo‘q. Jamoatchilik fikricha, bu “Tolibon”ning inklyuziv boshqaruv tuzish haqidagi va’dalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, Afg‘oniston parlamenti quyi palatasi bosh kotibi Abdul Qodir Zazay Vatandost “Tolibon” muvaqqat hukumati ikki yilgacha shu shaklda va sharoitda ishlashi mumkinligini aytgan.

Shundan so‘ng, agar harakat saylovlar uning pozitsiyalariga zarar yetkazmasligiga va ta’sir doirasining qisqarishi jihatidan katta xavf tug‘dirmasa, "Tolibon" saylov o‘tkazishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon saylov

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing