“Tolibon” Islom hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashmoqchi
Olam
−
22 aprel
3521“Tolibon” Gambiyada Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tomonidan o‘tkaziladigan davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitiga o‘z vakilini jo‘natmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Afg‘oniston matbuoti xabarlariga ko‘ra, Afg‘oniston muvaqqat hukumati bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdusalom Hanafiy Qobulda IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tariq Ali Baxit bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Hanafiy islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalganini, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytgan.
Hanafiy Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan yaxshi aloqalarni rivojlantirish istagida ekanini ta’kidlab, IHT Gambiyada mezbonlik qiladigan davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitiga o‘z vakilini yuborish istagini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Gambiya poytaxti Banjulda 4-5 may kunlari IHT davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammiti bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi