“Tolibon” ISHIDga qarshi kurash boshladi

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat sharqidagi Nangarhor viloyatida, shuningdek Qobulda ISHID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “The Khaama Press” xabar berdi. 

Qayd etish kerakki, bu oy Nangarhorda birdaniga bir nechta portlashlar va qurolli hujumlar yuz berdi, oqibatda toliblar va mahalliy aholi qurbon bo‘ldi. ISHIDning bir bo‘lagi bo‘lgan “Xurosondagi Islomiy davlat” bu voqealarning bir nechtasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Qobul ham bir necha marotaba raketa hujumiga uchradi, guruh tarafdorlari bu uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Shu bilan birga, joriy yilning 21 sentyabr kuni “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ISHID va “Al-Qoida” jangarilari mavjudligi haqidagi xabarlarni uydirma deb atadi va ISHID toliblarga tahdid solmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Tolibon

Baholaganlar

544

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing