“Tolibon”ga qarshilar ham, uning tarafdorlari ham yetarlicha. Afg‘onistonda fuqarolik urushi muqarrarmi?

Olam

image_2021-07-22_12-10-15
AQSHsiz qolayotgan Afg‘onistonga endi Rossiya qo‘shin kiritadimi? Lavrov barchasini aytdi north_east

AQSHsiz qolayotgan Afg‘onistonga endi Rossiya qo‘shin kiritadimi? Lavrov barchasini aytdi

O‘tgan asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida SSSR Afg‘onistonni tark etgach, rasmiy Qobuldagi kommunistik hukumatni qo‘llab-quvvatlash to‘xtab qolgan. Bu esa Afg‘onistonda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tishiga olib kelgan. Mana endi AQSH ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Mamlakatda fuqarolar urushi bilan bog‘liq ssenariy takrorlanishi mumkinmi?

Ushbu savolga Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib quyidagicha javob berdi

“Agar toliblar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga harakat qilsa, xalq qarshilik ko‘rsatadi. Buni biz, allaqachon, toliblar nazorat o‘rnatayotgan ko‘plab joylarda ko‘rmoqdamiz. Albatta, bunday qarshilik o‘zlarining kun tartibiga ega bo‘lgan ko‘ngilli askarlar guruhini shakllantirishi mumkin, bu esa fuqarolar urushiga olib keladi. “Tolibon” o‘zining Afg‘oniston jamiyatidagi o‘rni to‘g‘risida muzokara olib borish imkoniyatiga ega. Ularning tarafdorlari borligini hech kim inkor etmaydi. Shunday ekan boshqalar qatorida “Tolibon” ham qonuniy siyosiy kuch bo‘lish huquqiga ega. Ular da’vo qila olmaydigan narsa — bu monopoliya. Qarash va qadriyatlar normal siyosiy kurashda himoya qilinishi kerak”.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda 1989-1992–yillarda fuqarolik urushi bo‘lib o‘tgan. Bu urush SSSR harbiy kuchlari Afg‘onistonni tark etgach boshlangan. Urush bir tomondan SSSR qo‘llab-quvvatlovidagi Muhammad Najibullo boshchiligidagi Afg‘oniston hukumati, ikkinchi tomondan esa AQSH va Pokistondan muntazam yordam olgan mujohidlar o‘rtasida bo‘lgan. SSSR qulagach, rasmiy Moskvadan Muhammad Najibullo boshchiligidagi Afg‘oniston hukumatiga kelayotgan yordam ham to‘xtagan, oqibatda rasmiy Qobul qulagan.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing