“Tolibon” birinchi afg‘on sport avtomobilini namoyish qildi
Texnologiya
−
13 yanvar 2023
14127Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati o‘zining birinchi sport avtomobilini namoyish qildi. Bu haqda “The telegraph” nashri xabar berdi.
Mada-9 deb nomlangan avtomobil ENTOP kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Avtomobilning texnik xususiyatlari hali oshkor etilmagan, biroq mashina kuzov qismi uchun Bugatti’dan, dvigateli esa Toyota Corolla mashinalaridan namuna olingan.
ENTOP kompaniyasi rahbari Muhammad Rizo Ahmadiy Mada-9 avtomobili Afg‘onistonning jahon miqyosidagi obro‘sini yaxshilashga yordam berishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinani yasash besh yil davom etgan bo‘lib, o‘ndan ortiq ishchi jalb qilingan.
Shuningdek, kompaniya avtomobilni bu yilgi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Doha ko‘rgazmasiga qo‘yishni hamda unga elektr dvigatel o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi