“Tolibon” besh nafar bola o‘g‘rilarini qatl etdi

Olam

image

“Tolibon” harakati xavfsizlik xizmati Mozori-Sharif shahrida bolalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan guruhni yo‘q qilganini e’lon qildi. Bu haqda “Aamaj News” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” bu maxsus operatsiyani bugun, 13 sentyabrga o‘tar kechasi o‘tkazgan. Unda, shuningdek to‘rt nafar voyaga yetmagan bola ozod qilingan. 

Toliblarning so‘zlariga ko‘ra, odam o‘g‘irlash to‘dasida to‘rt nafar afg‘on erkak va bir nafar o‘zbek ayol bo‘lgan. Ularning hammasi o‘ldirilgan. 

Qayd etilishicha, 13 sentyabrga o‘tar kechasi Afg‘onistonning bir nechta internet ommaviy axborot vositalari Mozori-Sharifda yirik to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan. 

Jurnalistlarning fikricha, bu “Tolibon” va boshqa jangarilar o‘rtasidagi jang yoki toliblarning o‘zlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilning 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing