“Tolibon” BAA bilan kelishuv imzoladi 

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakati vakillari BAA bilan mamlakatdagi to‘rtta aeroportni, jumladan, poytaxt aeroportini boshqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Afg‘onistonning “Bakhtar” axborot agentligi xabar berdi.  

Bitim Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Baradorning BAAga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan. Hujjatga ko‘ra, tomonlar Qobul, Qandahor, Hirot va Mozori Sharif aeroportlarining ishlash shartlarini kelishib olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning fevral oyi boshida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Doha va Anqara “Tolibon” bilan Afg‘onistondagi to‘rtta aeroportni boshqarish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishganini aytgandi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, tomonlar Qobul aeroporti hududini birgalikda himoya qilishga kelishib olganini, biroq u bilan bog‘liq qator masalalar bo‘yicha muzokaralar davom etishini tasdiqlagan. Faqatgina moliyaviy va huquqiy masalalar muvofiqlashtirilmagan holda qolgan. Biroq aprel oyida Qatar va Turkiyaning “Tolibon” bilan muzokaralari to‘xtab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BAA

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing