“Tolibon” Afg‘onistondan O‘zbekistonga otilgan 5 ta snaryad bo‘yicha munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston hududiga Afg‘oniston tomonidan kelib tushgan 5 ta raketa ikki do‘st mamlakatlar o‘rtasida ixtilof yaratmoqchi bo‘lgan doiralar ishidir. Bu haqda “Tolibon” hukumati tomonidan tayinlangan Madaniyat va axborot vaziri Zabihullo Mujohid ma’lum qildi.

“Termizga Afg‘oniston hududidan raketa hujumini uyushtirganlar do‘st O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ishonchsizlik muhitini yaratishni maqsad qilgan”, deydi u.

Zabihullo Mujohidning aytishicha, toliblar ularni hibsga olish va jazolash uchun qidiruv ishlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyul kuni soat 16:20 da O‘zbekiston hududiga Afg‘oniston tomonidan 5 ta raketa kelib tushdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing