“Tolibon” Afg‘onistondagi politsiya bo‘limiga hujum qildi. 3 kishi o‘ldirilgan

Olam

image

Afg‘oniston g‘arbiy qismidagi Hirot viloyatida bomba yuklangan mashinaning portlashi oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Hirot viloyati gubernatori Sayid Vohid Katali jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Tolibon” jangchilari Zinda Jan tumanidagi politsiya bo‘limiga hujum qilgan.

“Kecha jangarilar Chishti, Oba, Gulran va Kushki-Kuxna okruglariga qurolli hujum uyushtirdi”, deydi gubernator.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maqsadida 24 apreldan 4 maygacha Istanbulda tinchlik konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing