“Tolibon” Afg‘onistondagi mahalliy rahbarlardan biriga suiqasd uyushtirdi

Olam

image

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonning Logar viloyati tumanlaridan birining mahalliy ma’muriyati rahbariga suiqasd uyushtirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda. 

Bir guruh qurolli jangarilar Baraki tumani ma’muriyati rahbari Barak Ahmed Veyis Abdulrahimzayning uyiga hujum qildi. 

Hujumda ma’muriyat rahbarining ukasi va uning qo‘riqchilaridan biri halok bo‘lgan. Hujum amalga oshirilgan vaqtda Abdulrahimzayning o‘zi uyda bo‘lmagan. 

Hodisa yuzasidan toliblar hozircha izoh bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing