“Tolibon” Afg‘onistonda muntazam armiya tuzmoqchi

Olam

image

“Tolibon” harakti yaqin kelajakda Afg‘onistonda doimiy armiya tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda mamlakat Qurolli Kuchlari shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin ma’lum qildi.

“Tolibon” vakilining aytishicha, jangarilar Afg‘oniston hududida fuqarolar urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning ta’kidlashicha, armiya tuzilishi qarshilik fronti va etnik birdamlik tamoyillarini qo‘llab -quvvatlaydigan tartibsizliklarni yengadi.

Fasihuddinning “Tolibon” isyonchilar mamlakat xavfsizligini buzishiga va “yerni afg‘onlar qoni bilan bo‘yashiga” yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Afg‘onistonda doimiy armiya tuzishdan tashqari, fuqarolarni mamlakat mudofaasiga tayyorlaydigan harbiy tizimni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyani joriy yilning 31 avgust kuni to‘liq yakunladi. Biroq, amerikaliklar afg‘on diyorini tark etishni yakunlamasidan 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyat almashdi. “Tolibon” Ashraf G‘ani hukumatini ag‘dardi. Prezident G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.

Qayd etish kerakki, AQSHni holdan toydirgan Afg‘onistondagi kampaniyani Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi Prezidentlar yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon armiya

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing