“Tolibon” Afg‘onistonda korrupsiya ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Olam

image

“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlab, korrupsiyani bartaraf etishga erishdi. Bu haqda “Tolibon” hukumati Bosh vaziri Muhammad Hasan Oxund Ramazon hayiti munosabati bilan qilgan murojaatida aytgan.

“Afg‘oniston Islom Amirligi (AIA, “Tolibon” qo‘llagan davlat nomi) butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlab, dushmanlarning barcha ayyorona rejalarini barbod qildi. Mamlakatimizdagi barcha muassasalarda poraxo‘rlik va o‘zlashtirish holatlariga barham berildi”, deydi u.

Shuningdek, 19 aprel kuni “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda Ramazon hayiti munosabati bilan qilgan murojaatida Afg‘oniston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish niyatida emasligini va boshqa davlatlar ham ularning ishiga aralashmasliklarini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ “Tolibon” afg‘on ayollariga nisbatan qo‘llagan yangi taqiqlar haqida batafsil ushbu videolavhada hikoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing