“Tolibon” Afg‘oniston va Pokiston chegarasida muhim ob’ektni egalladi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘oniston-Pokiston chegarasida, Qandahon yaqinidagi Spin-Boldak nazorat-o‘tkazish punktini egallab oldi. Bu haqda “BBC News” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda aytilishicha, toliblar o‘z bayrog‘ini ikki davlat o‘rtasidagi muhim chegara o‘tish punktiga o‘rnatgan. Shuningdek, “Tolibon” vakillari Pokiston chegarachilari bilan suhbatlashayotgani ham aks etgan.

Afg‘oniston rasmiylari chegara posti egallab olinganini rad etmoqda. Shu bilan birga, Pokiston rasmiylari BBC News’ga chegara o‘tish joyi Tolibon tomonidan nazorat qilinayotganini tasdiqladilar.

Qo‘shni Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing