“Tolibon” hukumati rahbari iste’foga chiqdi – OAV
Olam
−
17 may 2023
15465Afg‘onistondagi “Tolibon” Muvaqqat hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxund sog‘lig‘i yomonlashgani sababli o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘radi. Bu haqda “Tolibon” hukumatidagi manbaga tayanib, “TOLOnews” telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Abdul Kabir “Tolibon” hukumatida Muvaqqat bosh vaziri lavozimiga tayinlangan. Ilgari u Oxundning siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Oxund “Tolibon” hukumatini 2021 yil sentyabridan – hukumat tuzilganidan boshlab boshqarib kelgan.
AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini e’lon qilgach, “Tolibon” mamlakat ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi.
“Tolibon” 6 sentyabr kuni butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilganini, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan Muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Muhammad Hasan Oxund “Tolibon” harakati asoschilari va yetakchilaridan biridir. U Qandahor viloyatining Panjva tumanining Pashmul shahrida tug‘ilgan. Oxund Qandahor shahri hokimi sifatida ham ishlagan. U 2001 yilning yanvaridan beri BMT sanksiyalari ostida qolmoqda.
LiveBarchasi