“Tolibon” Hukumati qachon tan olinadi? Karzay shartni aytdi

Olam

image

“Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan Afg‘oniston Hukumati xalqaro miqyosda tan olinishi uchun mamlakat ichida qonuniylik yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu fikrni Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay bildirdi.  

“Mamlakat ichida qonuniylikni ta’minlash, albatta, saylovlarga, Loyya Jirga kengashi orqali afg‘on xalqining xohish-irodasini bildirishga, konstitutsiya kiritilishi va boshqalarga bog‘liq”, degan Karzay. 

U, shuningdek, Pokistonning Afg‘onistondagi voqealarga ta’siri haqida ham gapirgan. 

“Mening qardosh mamlakatimiz bo‘lgan Pokistonga xabarim shuki, u Afg‘oniston vakili bo‘lishga urinmasligi kerak”, degan u. 

Karzay Pokiston Afg‘oniston bilan aloqalarni aralashuv yo‘li bilan emas, balki “xalqaro munosabatlar tamoyillari” asosida saqlab qolishiga umid bildirgan. 

Shuningdek, sobiq Prezident ISHID terrorchilik guruhi Afg‘onistonga, afg‘on xalqining hayoti va farovonligiga tahdid ekanini aytgan. Karzay ISHIDga qarshi kurashda mintaqa davlatlari Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidlagan. 

Avvalroq, “Tolibon” harakati vakili Anamulla Samangani Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Afg‘oniston shimolida ISHID terrorchi guruhining joylashib olgani bo‘yicha bildirgan xavotiri asossiz ekanini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Karzay

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing