“Tolibon” hukmronligidagi Afg‘onistonga ilk bor sayyohlar bordi
Olam
−
08 noyabr 2021
8888Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng mamlakatga birinchi chet ellik sayyohlar tashrif buyurdi. Bu haqda mahalliy “Bakhtar” agentligi xabar bergan.
“Islom amirligi g‘alabasidan so‘ng mamlakatga birinchi xorijiy sayyohlar yetib keldi”, deyilgan agentlik xabarida.
G‘o‘r provinsiyasi Madaniyat va axborot boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi mahalliy tarixiy joylarga, xususan, XII asrda qurilgan Jama minorasiga tashrif buyurgan. Agentlik sayyohlar qayerdan kelganini ochiqlamagan.
Ma’lumot uchun, avgust oyi boshida “Tolibon” Afg‘oniston hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15 avgustda Qobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSH harbiylari himoyasida bo‘lgan Qobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilindi.
31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etdi. Shu bilan AQSHning Afg‘onistondagi 20 yillik missiyasi yakunlandi. Sentyabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga birinchi “Tolibon” hukmronligi davrida tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan va 2001 yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund bosh bo‘ldi.
LiveBarchasi