“Tolibon” hokimiyat yo‘lida qancha harbiyning yostig‘ini quritgani ochiqlandi

Olam

image

Afg‘onistonda joriy yilning 1 iyulidan 15 avgustiga qadar “Tolibon” tomonidan hokimiyatni egallab olish chog‘ida afg‘on xavfsizlik kuchlarining 4000 ga yaqin xodimi halok bo‘lgan, yana 1000 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Afg‘oniston armiyasi sobiq shtab boshlig‘i Yasin Ziyoga tayanib, “The Washington Post” gazetasi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Qobulni egallashidan bir necha hafta oldin Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari uchun so‘nggi yigirma yillikdagi “eng halokatli davrlardan” biriga aylangan. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.    

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing