“Tolibon” “har yilgi bahoriy hujumlari” boshlanganini e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 12 aprel kuni “Tolibon” harakati “Afg‘onistonda har yilgi bahoriy hujumlari” boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Agence France-Presse” nashri “Tolibon” bayonotiga asosan xabar berdi.

“Afg‘onistonning katta qismi dushmandan ozod qilingan bo‘lsa ham xorijiy okkupatsion kuchlar bizning islomiy davlatga harbiy va siyosiy ta’sir ko‘rsatishda davom etyapti. Bizning maqsadimiz hali amalga oshmadi”, deyilgan harakat bayonotida.

“Tolibon”ning “har yilgi bahoriy hujumlari” harbiy harakatlar boshlanganini anglatadi. Biroq so‘nggi yillarda harakat jangarilari va Afg‘oniston hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qishda ham olib borilyapti.

Ahamiyatlisi shundaki, “Tolibon”ning bayonoti Afg‘onistonda tinchlik muzokaralari arafasida e’lon qilindi. Konferensiya joriy yilning 14-15 aprel kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” vakillari ishtirok etishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing