Toliblar Do‘stumning uyida qanday yashayotgani namoyish qilindi (video)

Olam

image

“The New York Times” nashri Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stumning saroyini egallab olgan “Tolibon” jangarilari hayotidan lavhalar ko‘rsatdi.  

“Garchi shaharda yashasam ham, bunday joyni birinchi marta ko‘rishim”, degan toliblardan biri uydagi hovuz va saunani ko‘rsatib. 

Yana bir jangari jurnalistlarga dushman hujum qilganda saqlovchi tutun granatasini ko‘rsatgan.

“Biz butun umr tog‘larda va cho‘llarda yashadik. Bizning odamlarning yeyishga hech narsasi yo‘q, ular qurol bilan yashaydi. Bizning siyosatchilarimiz, hokimiyatda bo‘lgan boy va qudratli kishilarimiz odamlarning qonini to‘kib, o‘zlari uchun shunday uylar qurgan”, degan uyning yangi “sohiblari”. 

Ta’kidlanishicha, u yerga 150 ga yaqin odam ko‘chib kelgan.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

1434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing