Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiada chempioni bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Parij shahrida davom etayotgan Paralimpiada o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.

E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Tolibboy Yo‘ldoshev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ushbu dasturda qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev esa 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni band etdi.

Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqalardagi oltin medallari soni 9 taga, umumiy medallari esa 20 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Paralimpiada Tolibboy Yo'ldoshev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made