Tokiodagi Olimpiada qishlog‘i ulkan shifoxonaga aylantiriladi

Sport

image

Tokio gubernatori Yuriko Koikening aytishicha, Yaponiya poytaxtidagi Olimpiya qishlog‘idan koronavirusga chalingan bemorlar uchun shifoxona sifatida foydalaniladi. Bu haqda AP nashri xabar bermoqda.

Shahar hokimi, shuningdek, bemorlarni joylashtirish uchun Tokio hukumati tomonidan mehmonxona sotib olish mumkinligini ta’kidladi.

Olimpiada o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yildan 2021 yilga qoldirildi. Shu sabab 11 000 nafar olimpiyachi va 4 400 paralipiyachi hamda xodimlarga mo‘ljallangan qishloq keyingi yilning iyul oyigacha bo‘sh qoladigan bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 2 617 nafar odam chalindi. 472 bemor shifo topgan bo‘lsa, 63 kishi vafot etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Olimpiada

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing