Tokio Olimpiadasida o‘zbekistonlik kurashchi AQSH nomidan ishtirok etadi

Sport

image

Joriy yilning 1 avgust kuni Olimpiya o‘yinlarida yunon-rim kurashi bo‘yicha bahslarga start beriladi.

Shu kuni musobaqada AQSH nomidan asli o‘zbekistonlik Ildar Hafizov ishtirok etadi.

Hafizov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan. 2008 yilda u Pekindagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, 10-pog‘onani band qilgan.  2011 yilda Osiyo chempionatining finaliga qadar yetib borib, musobaqaning kumush medal sovrindoriga aylangan.  Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi esa 5-o‘rin hisoblanadi.

Okeanortida esa 2017 yilda AQSH chempionligini  qo‘lga kiritgan va hozirda “US Army WCAP” sport klubida mashg‘ulotlar olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida, Tokioda ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Elmurod Tasmurodov himoya qiladi. U 2016 yilgi Rio Olimpiadasining bronza medaliga ega chiqqan, shuningdek, Osiyo chempionatlarida 5 marta oltin va 2 bor kumush medalga sazovor bo‘lgan. Jahon chempionatlarida esa 2 bronza va bir kumush medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tokio-2020 Ildar Hafizov Yunon-rim kurashi O'zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

Baholaganlar

2459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing