Tokio Olimpiadasida koronavirus aniqlanadigan sportchilar maxsus mehmonxonaga joylashtiriladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus aniqlanadigan sportchilar uchun 300 xonadan iborat mehmonxona tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Interfaks" yozmoqda.  

Ta’kidlanishicha, o‘yinlarning tashkiliy qo‘mitasi Olimpiya shaharchasidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan, ehtimol bir necha million dollarga tushadigan butun mehmonxonani zaxiraga olishni rejalashtirmoqda. 

O‘yinlar davomida koronavirus aniqlanadigan barcha sportchilar va delegatsiyalar a’zolari o‘n kun davomida karantinda bo‘ladi va 24 soat tibbiy yordam oladi. 

Sportchilar har 4 kunda koronavirusga test topshiradi. Olimpiadadagi karantin va test olish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar keyinroq e’lon qilinadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli ular 2021 yilga qoldirildi. 

Endi Olimpiada joriy yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiada 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada koronavirus

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing