Tokio Olimpiadasida eng katta sensatsiya kuzatildi

Sport

image

Tokio Olimpiadasining eng katta sensatsiyasi badiiy gimnastika bahslarida sodir bo‘ldi. Gap shundaki, individual ko‘pkurash bo‘yicha g‘oliblik rossiyalik bo‘lmagan sportchiga nasib etdi. Isroil vakilasi 20 yoshli Lina Ashram Rossiya gimnastikachilarining 20 yillik rekordiga barham berib, oltin medalga ega chiqdi.

Shaxsiy musobaqalarda asosiy favorit sifatida opa-singil Dina va Arina Averina ko‘rilayotgan edi. 

Shu kunga qadar, Arina Averina to‘rt marta Jahon va to‘qqiz bor Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dina Averina, 13 karra Jahon, 10 karra Yevropa chempioni hisoblanadi.

Bellashuvlarning dastlabki kunida kutilganidek, rossiyaliklar dastlabki ikki o‘rinni band etgan edilar. Isroillik sportchi esa 3-pog‘onada borayotgandi. 

Ammo medallar topshiriladigan kunda vaziyat keskin o‘zgardi: Arsham halqa va bulava dasturida g‘alaba qozondi, to‘p va tasma bilan bajarilgan mashqlarda esa ikkinchi natijani qayd etdi. U umumiy hisobda 107.800 ball to‘pladi. Dina Averina 107,650 ball bilan ikkinchi bo‘ldi. 

Arsham finalda tasmani qo‘lidan tushirib yuborgan edi, lekin bu holat hakamlarning bahosiga ta’sir o‘tkazmadi. Shu sababli rossiyaliklar darhol apellyatsiya ham berishdi. Biroq, natija o‘zgarishsiz qoldi.

Shu tariqa, 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan buyon ilk marta badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarida rossiyalik bo‘lmagan sportchi g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Lina Ashram Dina Averina Arina Averina Badiiy Gimnastika

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing