Tokio Olimpiadasi yana qoldirilishi mumkin

Sport

image

Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi direktori Xaruyuki Takaxasi Olimpiada yana kechiktirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Yaponiya poytaxtida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari shu yozda o‘tkazilishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bir yilga qoldirildi.

"Birinchidan, biz o‘yinlarni 2021 yilning yozida o‘tkazishga harakat qilamiz. O‘yinlarni bekor qilishning oldini olish juda zarur. Bu Yaponiya va dunyo iqtisodiyotiga katta zarba beradi", dedi Takaxasi “Nikkan Sports News”ga bergan intervyusida.

U, shuningdek, agar pandemiya sababli musobaqani ushbu muddat davomida o‘tkazib bo‘lmaydigan bo‘lsa, unda "Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan kengaytirilgan ishlarni olib borish" zarurligini ta’kidladi.

Nashrning ta’kidlashicha, o‘yinlarni yana qoldirish bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Bu 2022 yilga rejalashtirilgan Pekinda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlari, Senegaldagi Yoshlar o‘yinlari, shuningdek, Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib, ular ikki yil davomida saqlanib qoladi. Musobaqalar vaqtining tig‘izlashuvi sportchi va tashkilotchilar uchun ham qator qiyinchiliklar olib keladi.

Avvalroq, Yaponiya hukumati va Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi koronavirusning global tarqalishi sababli o‘yinlarning soddalashtirilgan versiyasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing