Tokio aholisi 14 millionga yetdi

Olam

image

Yaponiya poytaxti statistikasiga ko‘ra, Tokio aholisi 14 millionga yetdi. Bu haqda "Nikkey" gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, ko‘plab universitet va kompaniyalar, shuningdek, boshqa hududlarga nisbatan yuqori maosh yoshlarni Tokioga jalb qiladi. Koronavirusning tarqalishi ham ushbu tendensiyani oldini ololmadi.

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, Tokio aholisi 13,98 million kishini tashkil qilgan edi. Shahar aholisi 1962 yilda jadal iqtisodiy o‘sish davrida 10 millionga yetdi. To‘rt yil o‘tgach, poytaxt aholisi 11 millionga yetdi. Ammo keyingi o‘sish davri 30 yildan so‘ng, 2000 yilda kuzatildi.

Gazetaning ta’kidlashicha, masofadan turib ishlashning faol joriy etilishi va koronavirus infeksiyasining eng ko‘p tarqalishi sababli, yirik shaharlarda yashashga qiziqish ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularning aholisi o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing