Tokio-2020: O‘zbekistonning so‘nggi yunon-rum kurashchisi o‘z raqibini bilib oldi
Sport
−
02 avgust 2021
4496Tokio-2020 Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo‘yicha -87 kg vazn toifasida ertaga, 3 avgust kuni o‘tkaziladigan bellashuvlarga qur’a tashlandi.
“Makuhari Messe Hall” arenada bo‘lib o‘tuvchi bahslarda o‘zbekistonlik tajribali yunon-rum kurashchi Rustam Assakalov Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibligi uchun gilamga chiqadi. Assakalov ushbu vaznda 3-raqamda saralangan.
U faoliyati davrmida jahon chempionatlarida ikki bor sovrindor bo‘lgan. Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlarida bir marta oltin va kumush medalni qo‘lga kiritgan. 37 yoshli Assakalov 1/8 finalda qur’a natijasiga ko‘ra, 27 yoshli gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, yunon-rum kurashi bo‘yicha 4 nafar o‘zo‘bekistonlik sportchi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Bunga qadar, Elmurod Tasmurodov va Muhsinjon Abdullayev musobaqani tark etgan bo‘lsa, Jalgasboy Berdimurodovda bronza medal uchun kurashish imkoniyati saqlanib turibdi. Buning uchun, Berdimurodovni mag‘lub etgan Chalyan Karapet final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak.
LiveBarchasi