Tokio-2020 Olimpiadasiga boradigan sportchilarni emlash boshlandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 7 may kuni O‘zbekistonning Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyasi vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Tadbirni para-suzish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari boshlab berishdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Jarayon MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida bo‘lib o‘tgan.

Dastavval terma jamoaning 11 nafar vakilidan qon tahlillari olinib, ularning organizmi emlash uchun qay darajada tayyorligi ko‘zdan kechirilgan. Tahliliy natijalar yakuniga ko‘ra, 3 nafar sportchi va 2 murabbiyda emlash jarayoni amalga oshirilgan. Delegatsiya a’zolaridan birinchi bo‘lib, murabbiy Ravshan Alimov emlangan.

Ta’kidlanishicha, delegatsiyani emlash jarayonida “Sputnik V” vaksinasidan foydalanilmoqda. Yo‘riqnomga ko‘ra, vaksina 21 kun oralig‘ida 2 komponentda qabul qilinadi.

Reja bo‘yicha delegatsiya a’zolarini emlash 1 iyunga qadar davom etadi va bu jarayonni boks bo‘yicha terma jamoa vakillari yakunlab berishadi. Umumiy hisobda 250 nafar vakilni emlash ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari vaktsina Olimpiya qo'mitasi

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing