Tokio-2020 Olimpiadasi uchun boks bo‘yicha yo‘llanmalar qay tartibda o‘ynalishini e’lon qildi

Sport

image

Ayni kunlarda Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan dastlabki masala kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha bahslarning yo‘llanmalari qay tartibda taqsimlanishi bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Tokio-2020 Olimpiadasida boks bahslari uchun erkaklar o‘rtasida -52, -57, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kilogarmm vazn toifalari amal qiladi. Ayollar o‘rtasida esa -51, -57, -60, -69 va – 75 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha janglar olib boriladi.

Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun jami 63 ta litsenziya ajratilib, ulardan 41 tasi erkaklar, 22 tasi ayollar boksi o‘rtasida taqsimlanadi. Olimpiya vazn toifalarida qit’alar uchun turli miqdorda yo‘llanmalar ajratildi. Masalan, bizning mintaqamizda -52, -57 va -63 kg kilogramm vazn toifalariga 6 tadan, -69, -75 va -81 kg vazn toifalariga 5 tadan, -91 va +91 kg vazn toifalari uchun 4 tadan o‘rin ajratilgan. Ayollar toifasida esa -51 kg vazn uchun 6 tadan, qolgan kategoriyalarga 4 tadan o‘rin berildi.

Olimpiada uchun saralash turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida o‘tkazilishi belgilandi. Bu oralig‘da 4 ta qit’aviy va 1 ta jahon miqyosida saralash turnirlari o‘tkaziladi. Hozircha saralash musobaqa mezbonlari e’lon qilinmagan. Yanvar-aprel oralig‘ida barcha qit’alar bo‘ylab mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazilsa, unda yo‘llanma ololmaganlar uchun 2020 yilning may oyida jahon miqyosidagi litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida boks bellashuvlari 25 iyuldan 9 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Olimpiadasi

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing