Tokio-2020: Nafisa Sheripboyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nafisa Sheripboyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi. Sheripboyeva uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Archega qarshi tatamiga chiqdi.

O‘zbekistonlik dzyudochi ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi va Paralimpiadaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Nafisa Sheripboyevaning ushbu natijasidan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari Nafisa Sheripboeva

Baholaganlar

134

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing