Tokio 2020: marokashlik bokschi jangda “Tayson uslubi”ni qo‘lladi (video)
Sport
−
27 iyul 2021
13871Boks boyicha -91 kg vazn toifasida o‘tkazilgan janglardan birida qiziq holat ro‘y berdi. Marokashlik bokschi Yunus Baala “Mayk Tayson uslubi”da Yangi Zelandiya vakili Devid Nikening qulog‘ini tishlamoqchi bo‘ldi.
1/8 finalning uchinchi raundida Baala raqibining qulog‘ini tishlashga harakat qilgan edi, ammo referi Nelka Tampu bu holatni payqamadi va jang to‘liq davom etdi. Yakunda Devid Nika Yunus Baalani hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson 1997 yil 28 iyunda WBA chempionlik kamari uchun AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan jangda britaniyalik Evander Xolifildning qulog‘ini uzib olgan va shundan beri, bunday holatlar “Tayson uslubi” sifatida eslanadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu vaznda O‘zbekiston nomidan Olimpiada bahslarida ishtirok etgan Sanjar Tursunov jazoirlik Abdelhafid Benchablaga imkoniyatni boy bergan edi.