Tokio-2020 da qancha o‘zbek og‘ir atletikachisi ishtirok etishi mumkin
Sport
−
23 may 2019
4498Kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga ham бир yildan sal oshiqroq vaqt qoldi.
Ayni paytda Olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari to‘rt yillikning nufuzli musobaqasiga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurash olib bormoqda.
O‘zbekiston MOQ rasmiy sayti reyting asosida yo‘llanma beriladigan sport turlari bo‘yicha o‘zbek sportchilarining holati haqida ma’lumotlarni taqdim этиб bormoqda. Quyida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Olimpiada reytingidagi o‘rinlari bilan tanishtiramiz.
Erkaklar:
-61 kg:
1. Fabin Li (Xitoy) – 2176 ochko (312 kg shaxsiy rekordi)
6. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (293 kg) (yo‘llanma zonasida)
-67 kg:
1. Liyu Chen (Xitoy) – 2301 ochko (339 kg)
7. Doston Yoqubov – 1858 ochko (319 kg) (yo‘llanma zonasida)
8. Adhamjon Ergashev – 1835 ochko (316 kg) (yo‘llanma zonasida)
-73 kg:
1. Chjiyon Shi (Xitoy) – 2485 ochko (362 kg)
12. Doston Yoqubov – 1858 ochko (326 kg) (yo‘llanma zonasida emas)
-96 kg:
1. Tao Tiyan (Xitoy) – 2255 ochko (407 kg)
19. Sunnatilla O‘sarov – 1510 ochko (346 kg) (yo‘llanma zonasida emas)
-109 kg:
1. Simon Martirasyan (Armaniston) – 2323 ochko (435 kg)
3. Akbar Jo‘rayev – 1916 ochko (410 kg) (yo‘llanma zonasida)
Ayollar:
-55 kg:
1. Suyun Liyao (Xitoy) – 2200 ochko (224 kg)
4. Muattar Nabiyeva – 1801 ochko (212 kg) (yo‘llanma zonasida)
Ta’kidlash kerak, avvallari og‘ir atletika sportida yo‘llanmalar jamoaga berilgan bo‘lsa, endilikda sportchiga taqdim etiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilardan besh nafarida Tokio-2020ga бориш uchun yaxshigina imkoniyat мавжуд.
LiveBarchasi