Toqayev MDH uchun Shengenga o‘xshash viza joriy qilish istagida

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev MDH hududida yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

MDH davlat rahbarlari kengashining Ashxobodda bo‘lib o‘tgan majlisida Toqayev tuzilmaga kiruvchi davlatlarning turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarini kuchaytirish salohiyatiga e’tibor qaratdi.

Hamdo‘stlikdagi har bir davlat dunyoning jozibali sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatidan o‘rin olishga arzigulik betakror tarixiy, ko‘ngilochar va tabiat-landshaft ob’ektlariga ega ekanligini ta’kidladi.

"Afsuski, milliy vizaviy va migratsion tartiblarda sezilarli farqlar bor. Ular MDHning bir necha davlatiga borish istagidagi xorijiy sayyohlarga noqulaylik tug‘diradi. Bu qiyin masala ekanini bilaman, biroq balki MDH hududida Shengen kelishuviga o‘xshash hamdo‘stlik vizasini joriy etishni ko‘rib chiqish kerakdir", dedi Qosim-Jomart Toqayev


Toqayevning aytishicha, bunday yondashuv MDH davlatlariga keluvchi turistlar oqimini bir necha baravar oshirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toqaev shengen vizasiga o'xshash

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing