Samarqandda 22 yashar yigit otasi tengi erkakni urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Samarqandda 22 yashar yigit 52 yashar erkakni o‘ldirib qo‘ydi. O‘zaro kelib chiqqan janjaldan 10 kun o‘tib 52 yoshli T.B. shifoxonada jon berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Joriy yilning 11 iyun kunidan 12 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqadi. Natijasida M.S. fuqaro T.B.ni yuz sohasiga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazadi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, T.B. Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S. JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Fuqaro T.B. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramsdan joriy yilning 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik Tergov departamenti

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing